Maxfiylik siyosati
Bu siyosat Mafia Town o'yini (Telegram Mini App, Android ilova va play.mafiatown.uz brauzer versiyasi) shaxsiy ma'lumotlaringiz bilan qanday ishlashini tushuntiradi.
1. Biz kimmiz
Mafia Town - IdrokTech jamoasi ishlab chiqqan va boshqaradigan onlayn mafiya o'yini. Ma'lumotlaringiz uchun IdrokTech javobgar. Aloqa: [email protected].
2. Qaysi ma'lumotlarni yig'amiz
- Telegram akkaunti (kirishda Telegram beradi): Telegram ID, ism va familiya, username, til, Telegram Premium belgisi va profil rasmi (rasm nusxasi serverimizda saqlanadi). Telefon raqamingiz va parolingiz bizga kelmaydi.
- O'yin ma'lumotlari: daraja va XP, o'yinlar tarixi va statistikasi, rollar va harakatlar, kunlik mukofot, vazifalar, do'stlar, takliflar, kosmetika va sozlamalar.
- Siz yozgan va aytgan narsalar: xona va o'yin chatidagi xabarlar, vasiyat matni, ovozli xabarlar, shikoyatlar (sabab, izoh va shu o'yindagi xabarlar dalil sifatida).
- Ovoz: ovozli xonalarda ovozingiz boshqa o'yinchilarga faqat jonli uzatiladi va yozib olinmaydi. Mikrofonga faqat ovozli xona yoki ovozli xabar uchun, siz ruxsat berganingizda murojaat qilinadi.
- Texnik ma'lumotlar: qurilma platformasi, ilova versiyasi, ilovadan foydalanish hodisalari (ilova ochilishi, ekranlar, xatolar) va IP manzilning maxfiy kalit bilan olingan xeshi. IP manzilning o'zi profilingiz bilan saqlanmaydi.
- To'lovlar (faqat Telegram Mini App va brauzer versiyasida; Android ilovada xarid yo'q): buyurtma raqami, mahsulot, summa va holat. Karta ma'lumotlari Click yoki Payme sahifasida kiritiladi va bizga kelmaydi.
3. Ma'lumotlardan nima uchun foydalanamiz
- O'yinni ishlatish: kirish, xonalar, o'yin, reyting, do'stlar va ovozli xonalar.
- Progress, mukofotlar va kuchaytirgichlarni hisoblash.
- Telegram bot orqali bildirishnomalar (kunlik mukofot, do'st so'rovlari, o'yinga takliflar). Ularni ilova sozlamalarida o'chirish mumkin.
- Xavfsizlik: firibgarlik, bir nechta akkauntdan foydalanish va qoidabuzarlikni aniqlash, shikoyatlarni ko'rib chiqish.
- Xatolarni tuzatish va o'yinni yaxshilash (umumlashtirilgan statistika).
- To'lovlarni bajarish va hisobini yuritish.
Reklama ko'rsatmaymiz, ma'lumotlaringizni sotmaymiz va ilovada reklama yoki uchinchi tomon analitika SDK'lari yo'q.
4. Kim ko'radi va kimga uzatiladi
- Boshqa o'yinchilar: ismingiz, avataringiz, darajangiz, statistikangiz va o'yindagi xabarlaringiz.
- Telegram: kirish va bot xabarlari uchun.
- Click va Payme: faqat siz to'lov qilsangiz.
- Cloudflare: sayt va API trafigini himoya qiluvchi tarmoq.
- Server xostingi: ma'lumotlar biz ijaraga olgan serverlarda saqlanadi.
- Davlat organlari: faqat qonun talab qilganda.
5. Qancha saqlaymiz
- Akkaunt ma'lumotlari - akkauntingiz mavjud ekan.
- Ovozli xabarlar - o'yin tugaganidan 15 daqiqa keyin o'chiriladi.
- To'lov tizimlari bilan almashuv jurnallari - 90 kun.
- Zaxira nusxalar - 14 kun.
- Akkaunt o'chirilganda - 6-bo'limga qarang.
6. Akkauntni o'chirish
Akkauntingizni istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin: Android ilovada yoki play.mafiatown.uz da Sozlamalar -> Akkauntni o'chirish, yoki [email protected] ga yozing. O'chirilganda Telegram bilan bog'lanish, ism, username, avatar, kirish sessiyalari, do'stlar, qurilma izlari va sozlamalar o'chiriladi. O'yinlar tarixi, statistika va to'lovlar hisobi siz bilan bog'lanmagan holda qoladi (boshqa o'yinchilarning o'yin tarixi va buxgalteriya uchun). Batafsil: mafiatown.uz/delete-account.
7. Huquqlaringiz
Ma'lumotlaringiz nusxasini olish, ularni tuzatish yoki o'chirish, bildirishnomalardan voz kechish huquqingiz bor. So'rovni [email protected] ga Telegram username yoki ID'ingiz bilan yuboring - 30 kun ichida javob beramiz.
8. Xavfsizlik
Barcha ulanishlar HTTPS orqali shifrlangan. Android ilova kirish tokenlarini qurilmaning himoyalangan xotirasida saqlaydi, parollar ishlatilmaydi. Serverlarga faqat vakolatli jamoa a'zolari kira oladi.
9. Bolalar
Mafia Town 13 yoshdan kichik bolalar uchun mo'ljallanmagan. Bunday bola ma'lumotlari yig'ilganini bilsak, ularni o'chiramiz.
10. O'zgarishlar
Siyosat o'zgarsa, shu sahifa yangilanadi va yuqoridagi sana o'zgaradi. Muhim o'zgarishlar haqida o'yin kanalida xabar beramiz.
Savol va so'rovlar uchun: [email protected]