Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Mafia Town bepulmi?

Ha. O'ynash, barcha rollar, xonalar, ovozli o'yin, kosmetika va ovozli emote'lar tekin. Pullik faqat ixtiyoriy kuchaytirgichlar - ularsiz ham to'liq o'ynaysiz.

Yuklab olish yoki ro'yxatdan o'tish kerakmi?

Yo'q. O'yin Telegram ichida Mini App bo'lib ochiladi - @MafiaTownGameBot. Brauzerda play.mafiatown.uz orqali Telegram akkaunt bilan kirasiz. Xohlasangiz, Android uchun Google Play'da ilova ham bor.

Qaysi tillarda?

O'yin o'zbek, rus va ingliz tillarida. Yangi o'yinchiga Telegram tilidan o'zi tanlanadi, sozlamalarda istalgan payt almashtirasiz.

O'ynash uchun necha kishi kerak?

Bir o'yinda 6 dan 30 gacha o'yinchi. Odam yetmasa, xona egasi bo'sh joylarni botlar bilan to'ldiradi - yolg'iz o'zingiz ham botlar bilan o'ynashingiz mumkin.

Do'stlarim bilan qanday o'ynayman?

Yopiq xona oching va 6 belgili kodni yoki xona havolasini do'stlaringizga yuboring. Ilovadagi do'stlaringizga bir bosishda taklif ham yuborasiz.

Bir o'yin qancha davom etadi?

Bitta raund taxminan 3,5 daqiqa, o'yin odatda 3-6 raundda tugaydi - taxminan 10-20 daqiqa. Hamma tez harakat qilsa, tun erta tugaydi.

Botlar sun'iy intellektmi?

Yo'q. Botlar qoidalar asosida o'ynaydi, faqat o'zi ko'rgan narsani biladi va boshqa botlar bilan ma'lumot almashmaydi. Oson, O'rta va Qiyin darajalari bor.

Ovozli xona qanday ishlaydi?

Xona ochishda ovozli rejimni tanlaysiz. Kunduzi tiriklar gapiradi, tunda mafiya o'z kanalida, o'lganlar esa o'liklar kanalida gaplashadi. Mikrofon tugmasini bosib turib gapirasiz.

O'lsam nima bo'ladi?

O'yinni tomosha qilishda davom etasiz, o'liklar chatida gaplashasiz va 45 soniya ichida bir marta vasiyat qoldirasiz - uni hamma ko'radi.

Kuchaytirgich nima va qanday to'lanadi?

Kuchaytirgich - bir o'yinlik imkoniyat: himoya, tirilish, ovozdan qutulish yoki rol/tomon tanlash. Bir o'yinda bittasini ishlatasiz. To'lov Click yoki Payme orqali; har 5 darajada va 7 kunlik mukofotda tekin ham beriladi.

Brauzerda o'ynasam progressim saqlanadimi?

Ha. Brauzer versiyasiga Telegram akkauntingiz bilan kirasiz - daraja, do'stlar va kuchaytirgichlar Mini App bilan bir xil.

Kim yutadi?

Shahar - barcha mafiya va Manyak o'lsa. Mafiya - Manyak o'lgan va mafiya soni shahar odamlariga teng yoki ko'p bo'lsa. Manyak - yolg'iz tirik qolsa. 15 raunddan keyin g'olib bo'lmasa - durrang.

Mobil ilova bormi?

Ha, Android uchun - Google Play'da "Mafia Town". Telegram akkauntingiz bilan kirasiz, daraja, do'stlar va kosmetika Telegram va brauzer versiyasi bilan bir xil. iPhone uchun ilova hozircha yo'q - Telegram yoki brauzerda o'ynang.

Olamlar nima va ular pullikmi?

Olam - xonaning qiyofasi: Klassik, Shaytanat, Noir, Fantasy, Cho'qintirgan ota yoki Kurtlar vodiysi. Rollar nomi va rasmi, o'yindagi barcha matnlar, ranglar va o'lim e'loni o'zgaradi, qoidalar esa bir xil. Hammasi tekin - olamni xona ochishda tanlaysiz. Hozircha Telegram Mini App va brauzer versiyasida.

Tezkor qo'shilish qanday ishlaydi?

Bosh sahifadagi "Tezkor qo'shilish" sizni eng tez boshlanadigan ochiq xonaga qo'shadi - kam o'rin qolgan xona birinchi. Ochiq xona bo'lmasa, o'zingiz ochishni taklif qiladi. Davom etayotgan o'yiningiz bo'lsa - unga qaytaradi.

Yangi ish ochildi

Bugun kechasi kim yo'qoladi?

Do'stlaringizni chaqiring va kim eng yaxshi yolg'onchi ekanini bilib oling.

Google Play'dan yuklab olish

Bepul. Yuklab olish va ro'yxatdan o'tish shart emas - Telegram akkauntingiz bilan kirasiz.